
Niderlandiyalik murabbiy Gus Xiddink, 2006-2010 yillarda Rossiya terma jamoasini boshqargan vaqtlarida darvozabon Igor Akinfeyev bilan ishlagan davrlarini esladi. 2008 yilgi Yevropa chempionatida jamoa musobaqa yarim finaliga qadar yetib borgan edi.
"Akinfeyev menga doim mehribon yigit va gʻoliblik mentalitetiga ega inson sifatida yodda qolgan. U menga futbolchi sifatida juda yoqardi.
Jismonan kuchli va darvozaga uchayotgan har qanday toʻpni ushlay oladi," – dedi Xiddink Sport24 nashriga bergan intervyusida. Akinfeyev Rossiya terma jamoasi tarkibida 110 ta oʻyinda maydonga tushib, 95 ta gol oʻtkazib yuborgan.
U 2003 yildan beri faqat Moskvaning TsSKA klubida faoliyat yuritmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.