date

Nakamura Jahon Kubogi juftliklari bo‘yicha kutilgan prognozini aytdi

Nakamura Jahon Kubogi juftliklari bo‘yicha kutilgan prognozini aytdi

Shaxmat olamida tajribasi, holatni yurakdek sezishi va raqibni aniq baholashi bilan tanilgan Hikaru Nakamura navbatdagi Jahon Kubogi bahslari oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. U o‘z taxminlarida bir qator qiziqarli mulohazalarni keltirib o‘tdi va ayrim shaxmatchilarning yashirin kuchiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Uning fikricha, o‘zbekistonlik iqtidor egasi Jahongir Sindarov jamoatchilik nazaridan ko‘pincha chetda qoladi. Bunga sabab sifatida mamlakatda Nodirbek Abdusattorov kabi allaqachon dunyoga tanilgan super yulduz mavjudligini aytdi. Ammo Nakamura Sindarovning klassik shaxmatdagi qat’iyligi, rapid va blitsdagi tezkor fikrlashini yuqori baholab, ushbu juftlikda ayni o‘sha — Sindarovning g‘alabasini kutayotganini ta’kidladi.

Yana bir muhim bahs — Yakubboyev va Sargisyan o‘rtasidagi to‘qnashuv. Armanistonlik grandioz formada ekanini tan olgan Nakamura, shunga qaramay, Yakubboyevning chaqqon, jasur va hujumkor o‘yin uslubi raqibni kutilmagan vaziyatda ushlab qolishini ta’kidladi. Uning fikricha, Yakubboyev barcha vaqt nazoratlarida ustun kelishi mumkin — bu esa uni favorit qilib qo‘yadi.

Qolgan juftliklarga ham tezkor sharh berildi. Nakamura fikricha:

— Harikrishna — Xose uchrashuvida asosiy vaqtda Harikrishnaga ishonch katta, ammo tay-breykda vaziyat teng — 50/50.

— Le Kuan Liyem — Donchenko bahsida Vetnam vakili Liyemning ustunligi sezilarli.

— Dubov — Shenkland duelida rossiyalik ijodkor Dubov, ayniqsa tezkor vaqtlarda, jiddiy ustunlikka ega bo‘ladi.

— Grebnev — Esipenko uchrashuvida u favorit emas, ammo aynan autsayder sifatida Grebnev g‘olib chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

— Vey Yi — Sevyan bahsida amerikalik Sevyanning imkoniyatlari yuqori baholandi.

— Aronyan — Erigaisi to‘qnashuvi tenglikka yaqin, ammo tajriba va bosimni boshqarish borasida Aronyan bir qadam oldin ekani qayd etildi.

Nakamuraning ushbu prognozlari yana bir bor uning shaxmatni chuqur his qilishini, har bir o‘yinchi psixologiyasini va o‘yin uslubini yuqori darajada tahlil qilishini namoyon etdi. Eng muhimi — bu bahslar Jahon Kubogida qanday syurprizlar bo‘lishini yanada qiziqarli qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nakamura Jahon Kubogi juftliklari bo‘yicha kutilgan prognozini aytdi