Javohir Sindarov Nakamuraga g‘alaba keltirishi mumkin bo‘lgan yurishni ko‘rsatib barchani hayron qoldirdi (video)

Javohir Sindarov Nakamuraga g‘alaba keltirishi mumkin bo‘lgan yurishni ko‘rsatib barchani hayron qoldirdi (video)

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovning amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamuraga partiyada e’tibordan chetda qolgan g‘alabali yurishni ko‘rsatib berayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda partiya durang bilan yakunlanganidan so‘ng Sindarov Nakamuraga yaqinlashib, u foydalanishi mumkin bo‘lgan yurishni ko‘rsatadi. Buni ko‘rgan Nakamura hayratlanib, boshini ushlaydi. U ushbu imkoniyatni avvalroq payqamaganini anglagandek munosabat bildiradi.

Mazkur lavha shaxmat muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Sindarovning vaziyatni chuqur tahlil qilish mahoratini e’tirof etib, unga qo‘llab-quvvatlovchi izohlar qoldirmoqda.

Video shaxmatda eng kuchli grossmeysterlar ham ba’zan muhim imkoniyatlarni o‘tkazib yuborishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar