
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 saralash bosqichida Albaniya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Murabbiy oʻyinning murakkab kechganini, ammo ingliz futbolchilari koʻp vaqt davomida oʻyinni nazorat qilganini taʼkidladi.
"Bugun oson boʻlmadi. Biz oʻyinni toʻliq nazorat qilayotgan edik, biroq bir pallada nazoratni qoʻldan chiqardik.
Shunga qaramay, jamoa qiyin daqiqalarni yengib oʻtdi va standart vaziyatdan gol urib, oʻyinni ochdi. Bu juda yaxshi boʻldi.
Oʻyinni xotirjamlik bilan gʻalaba bilan yakunlaganimiz esa ajoyib holat. Hamma xursand, jamoa bu natijaga loyiq edi," — dedi murabbiy.
16-noyabr kuni Angliya terma jamoasi safarda Albaniyani magʻlub etdi va ikki javobsiz gol urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.