date

Kongo DR sensatsiya yaratib, Nigeriyani mundialdan chiqardi

Kongo DR sensatsiya yaratib, Nigeriyani mundialdan chiqardi

2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Afrika qit’asidagi eng keskin pallalardan biri — guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar uchun tashkil etilgan pley-off bahslari nihoyasiga yetdi. Futbol muxlislari katta qiziqish bilan kutgan hal qiluvchi final uchrashuvi esa haqiqiy dramani taqdim etdi.

Kongo DR — Nigeriyaga qarshi tarixi boy bahs

Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi final nafaqat pley-offning, balki butun Afrika saralash bosqichining eng katta intrigalaridan biriga aylandi. Uchrashuv asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi.

3-daqiqada Oniyeka Nigeriyani hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq Kongo DR tezda ruhiy barqarorligini tiklab, 32-daqiqada Meshakning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

120 daqiqalik jang ham g‘olibni aniqlamadi va barchasi penaltilar seriyasiga qoldi. U yerda Kongo DR a’zolari sovuqqonlik bilan harakat qilib, 4:3 hisobida zafar quchdi va so‘nggi bosqichga yo‘l bilan ta’minladi.

Nigeriya — yulduzlarga to‘la jamoa mundialsiz qoldi

Osimhen, Lukman, Chukvueze kabi top-o‘yinchilarga ega bo‘lgan Nigeriya termasining bunday natija qayd etishi butun qit’ada katta hayrat uyg‘otdi. Afrikadagi eng kuchli jamoalardan biri deb hisoblangan “Super orls” navbatdagi jahon chempionatini televizor orqali kuzatishga majbur bo‘ladi.

Kongo DR uchun tarixiy imkoniyat

Kongo Demokratik Respublikasi esa yangi bosqich ostonasida. Ular endi qit’alararo pley-offda boshqa qit’a vakili bilan muhim o‘yin o‘tkazadi. Raqib qur’a orqali aniqlanadi.

Agar Kongo DR bu bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tsa, 1974-yildan beri ilk marta jahon chempionatida ishtirok etadi — bu esa mamlakat futbol tarixidagi eng yorqin voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Kamerundan keyin — Nigeriya ham tiz cho‘kdi

Eslatib o‘tamiz, Kongo DR finalgacha bo‘lgan yo‘lda Afrika futbolidagi gigantlardan biri — Kamerunni musobaqadan chetlatgandi. Ular o‘zlarining qaysar o‘yini, jismoniy tayyorgarligi va ruhiy barqarorligi bilan haqli ravishda pley-offning eng kuchli jamoalaridan biri sifatida tan olinmoqda.

Uchrashuv protokoli

Nigeriya — Kongo DR 1:1 (Penaltilar: 3:4)

Gollar: Oniyeka (3) — Meshak (32)

Nigeriya tarkibi:

Nvabali, Fredrik, Ajayi, Bessi, Zayd-u (Oniemachi 96), Oniyeka, Ndidi, Ivobi (Arokodare 77, Avaziyem 115), Chukvueze (Simon 57), Lukman (Ejuke 57), Osimhen (Adams 46)

Kongo DR tarkibi:

Mpasi-Nzau (Fayulu 120), Tuanzebe, Van-Bissaka, Mbemba, Masuaku, Mukau (Kayembe 71), Mutussami, Sadiki, Meshak (Sipenga 71), Mbukyu (Balikvisha 105), Bakambu (Mayele 59)

Qit’alararo pley-offda Kongo DRga omad tilaymiz. Afrikadagi sensatsiyalar hali yakunlanmadi, demak, oldinda yanada qizg‘in o‘yinlar kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kongo DR sensatsiya yaratib, Nigeriyani mundialdan chiqardi