
Shveytsariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo va bosh murabbiy Murat Yakin JCH saralash bosqichining so‘nggi o‘yini – Kosovo bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng fikr bildirishdi. "Men terma jamoada 10 yildan beri o‘ynayapman.
Har yili biz kuchliroq bo‘lib boryapmiz. Bu meni ajablantirmaydi, chunki bizning o‘yin sifatlarimiz qanchalik yuqori ekanini bilaman.
Biz o‘zimizdan qanday natija kutishimizni yaxshi tushunamiz. Bu saralash orqali biz o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘ydik", – dedi Brel Embolo Blick portaliga bergan intervyusida.
Shveytsariya bosh murabbiyi Murat Yakin esa guruhda kim bilan to‘qnash kelish istagi borasida fikr yuritishni xohlamadi: "Eng muhimi, hech kim bizni o‘z guruhida ko‘rishni istamasligi kerak. O‘ylaymanki, bu haqda biz emas, raqiblar o‘ylashi kerak".
Shveytsariya guruh bosqichida 14 ochko to‘pladi, Kosovo 11 ochko, Sloveniya 4 ochko va Shvetsiya 2 ochko jamg‘ardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.