date

Aleksandr Mostovoy Kurasao jamoasining tarixiy muvaffaqiyatini baholadi


Rossiya terma jamoasi va Ispaniyaning "Selta" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy Kurasao terma jamoasining ilk bor Jahon chempionatiga chiqishi bo'yicha fikr bildirdi. "Agar jahon chempionati formati kengaytirilmaganida, bu jamoa hech qachon musobaqaga chiqa olmagan bo'lardi.

Ular faqat bundan xursand bo'lishlari kerak! Eksotika ko'rishga tayyor bo'lamiz!

Xalqaro reytingda 82-o'rinda turishadi? Hatto kuchli yuzlikdan joy olgan bo'lishlari ham yaxshi ko'rsatkich," - deya Mostovoyning so'zlarini "Sovetskiy sport" nashri keltiradi.

So'nggi turnirlarda Shimoliy Amerika mintaqasidan 3 ta jamoa (pley-off orqali esa 4 ta) qatnashishi kafolatlangan edi. Bu safar to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmalar soni o'zgarmadi, ammo AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik huquqi tufayli saralashda ishtirok etmadi.

Shunday bo'lsa-da, Kurasao jamoasi munosib natija ko'rsatib, o'z guruhida Yamayka va Trinidad va Tobago terma jamoalarini ortda qoldirdi. 11 yil avval bu jamoa xalqaro reytingda 183-o'rinda edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mostovoy Kurasao jamoasining tarixiy muvaffaqiyatini baholadi