Kobbi Maynuga Napoli va Vest Xem qiziqmoqda

Kobbi Maynuga Napoli va Vest Xem qiziqmoqda

Kobbi Maynuga Napoli va Vest Xem qiziqmoqda
Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kobbi Maynu yana klubdan uni ijaraga qoʻyishni soʻraydi. Insayder Ben Jeykobslarga koʻra, 20 yoshli futbolchi yanvarda oʻzining ijara boʻyicha talabini yana qayta koʻrib chiqishni istaydi.

“Yozdagi holat oʻzgarmagan. Maynu 2026-yilgi Jahon Chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibida qatnashishni xohlaydi, unga doimiy oʻyin amaliyoti zarur.

Shu sababli, u yanvarda yana klubga murojaat qiladi”, – deydi jurnalist. Shuningdek, jurnalist “Napoli” va “Vest Hem” jamoalarining yarim himoyachiga qiziqish bildirayotganini ham tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida “qizil iblislar” rahbariyati Kobbi Maynuning ijaraga oʻtish boʻyicha soʻrovini rad etgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar