date

Gus Xiddink yana jahon chempionatida qatnashmoqchi


Gollandiyalik murabbiy Gus Xiddink, 2021 yildan beri faoliyat yuritmayotganiga qaramay, yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida ishlash ehtimolini inkor etmadi. Sobiq Rossiya terma jamoasi murabbiyi hozirda 79 yoshda.

"Jahon chempionati – bu sof sehr. Yevropa va jahon chempionatlari ajoyib.

Dik Advokat 78 yoshda va u yana bir mundialda qatnashmoqda. Bu 5, 6, 7 haftalik ajoyiblik!

Men 5 marta Yevropa va jahon chempionatlarida qatnashganman. Yana bir marta ishtirok eta olamanmi?

Albatta! Mening telefonim har doim yoqilgan", – dedi Xiddink A Bola nashriga bergan intervyusida.

Xiddinkning soʻnggi ish joyi Kurakao terma jamoasi edi. Hozirda bu jamoani Dik Advokat boshqaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gus Xiddink yana jahon chempionatida qatnashmoqchi