date

Dubay ringiga kim chiqadi? Rossiya terma jamoasi IBA uchun tayyor!

Dubay ringiga kim chiqadi? Rossiya terma jamoasi IBA uchun tayyor!

Rossiya Boks federatsiyasi 2-13-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan IBA dunyo chempionatida ishtirok etadigan mamlakat erkaklar termasining rasmiy tarkibini oshkor etdi. Rossiyalik murabbiylar shtabi eng kuchli 13 nafar bokschini tanlab oldi.

Dubaydagi musobaqada Rossiya sharafini himoya qiladigan munosib jangchilardan iborat tarkib quyidagicha:

–48 kg: Edmond Xudoyan

–51 kg: Bayir Batlayev

–54 kg: Vyacheslav Rogozin

–57 kg: Andrey Peglivanyan

–60 kg: Vsevolod Shumkov

–63,5 kg: Ilya Popov

–67 kg: Evgeniy Kool

–71 kg: Sergey Koldenkov

–75 kg: Ismoil Mutsolgov

–80 kg: Jambulat Bijamov

–86 kg: Sharabutdin Atayev

–92 kg: Muslim Gadjimagomedov

+92 kg: David Surov

Ta’kidlash joizki, Muslim Gadjimagomedov (-92 kg) va Sharabutdin Atayev (-86 kg) og‘ir vazn toifalarining asosiy da’vogarlari bo‘lib, ulardan chempionatda yuqori natijalar kutilmoqda. Rossiya terma jamoasi har doim IBA turnirlarida muhim o‘rinlarni egallab kelgan va bu safar ham ular asosiy sovrinlarga bel bog‘lagan.

Jahon chempionatidagi keskin bellashuvlar 2-dekabrdan 13-dekabrgacha davom etadi. Muxlislar Dubay ringida katta janglarga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dubay ringiga kim chiqadi? Rossiya terma jamoasi IBA uchun tayyor!