date

Transfer bozoridagi shov-shuv: O‘runov va “Zenit” munosabati oydinlashdi!

Transfer bozoridagi shov-shuv: O‘runov va “Zenit” munosabati oydinlashdi!

O‘zbekiston milliy terma jamoasining hujum chizig‘i vakili Oston O‘runovga Rossiya Premyer-ligasining bir necha klublari, xususan, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan "Zenit" qiziqayotgani haqida xabarlar keng tarqaldi. Bunga uning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan Al-Ain Cup 2025 xalqaro turnirida Misr terma jamoasiga qarshi o‘yinida kiritgan ikkita goli sabab bo‘ldi. O‘shanda 24 yoshli futbolchiga Italiyaning grand klubi — "Yuventus" jamoasi qiziqish bildirgani ham aytilgan edi.

"Zenit" klubining rasmiy raddiyasi

Biroq, bu shov-shuvga "Zenit" klubi munosabati ham ma’lum bo‘ldi. Euro-football nashri jurnalistlari bu masalaga aniqlik kiritdi: "Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Spartak Moskva"ning sobiq yarim himoyachisi Oston O‘runovga e’tibor qaratayotgani yo‘q. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, klub qishki transferlar oynasi davrida markaziy yarim himoyachi qidiryapti. Asosiy e’tibor Janubiy Amerikalik va mahalliy o‘yinchilarga qaratiladi", — deyiladi xabarda.

Rossiyadagi murakkab yo‘l

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" tarbiyalagan futbolchi Eronga yo‘l olishdan avval Rossiya Premyer-ligasida omadsiz davrni o‘tkazgan. "Navbahor" va "Lokomotiv"dagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin, 2020 yilda "Ufa" safiga qo‘shilgan legionerga keyinchalik barcha yetakchi klublar qiziqqan. Biroq "Spartak" variantini tanlashi taqdir taqozosi bilan хato bo‘lib chiqdi. "Spartak"da iste’dodi yetarlicha baholanmagan Oston "Ufa" va "Ural"da ham kutilgan natijaga erisha olmadi.

"Persepolis" uni qo‘yib yubormoqchi emas

2023 yildan beri Eronning eng qudratli klubi "Persepolis" sharafini himoya qilayotgan O‘runovni klub rahbariyati hozircha sotish niyatida emas. Ular 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin legionerning transfer summasi yanada ko‘tarilib, bugungi kundagi 2 million yevrolik narxi oshishiga katta umid bog‘lamoqda.

Hujumkor futbolchimiz milliy terma jamoa safida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta to‘p kiritgani uning qimmatini yanada oshirmoqda. U klub miqyosida ham O‘zbekiston va Eron chempionatlarida muhim sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Transfer bozoridagi shov-shuv: O‘runov va “Zenit” munosabati oydinlashdi!