
“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Koʻl Palmerning maydonga qaytishi haqida fikr bildirdi. Palmer soʻnggi ikki oydan koʻproq vaqt davomida oʻyinda ishtirok etmagan edi.
"Palmer birinchi daqiqalardanoq maydonga tushib oʻynashga tayyor. U bizning eng yaxshi oʻyinchimiz va uning qaytganidan juda mamnunmiz.
Toʻliq formaga qaytishi uchun unga biroz vaqt kerak boʻladi. Ilgari u juda yuqori darajada oʻyin koʻrsatgan edi va shubhasiz, "Chelsi" safida yana kuchli oʻyin namoyish etadi.
Hammamiz uning qaytganidan baxtiyormiz. Eng muhimi, Koʻlning oʻzi baxtiyor – u har kuni mashgʻulot oʻtkazishni va oʻynashni istaydi,” – dedi Mareska matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni “Chelsi” Premer-liga doirasida “Arsenal”ga qarshi oʻz maydonida oʻyin oʻtkazadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.