PSJ asosiy o'yinchisining jarohati haqida xabar berdi

PSJ asosiy o'yinchisining jarohati haqida xabar berdi
PSJ o'zining rasmiy saytida bir nechta futbolchilarning holati haqida ma'lumot berdi. Jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh Chempionlar ligasi doirasida "Tottenhem"ga qarshi o'yinda o'ng sonidan kichik jarohat oldi.

Portugaliyalik futbolchi yaqin kunlarda davolanish jarayonidan o'tadi. Himoyachi Ashraf Hakimi va hujumchi Dezire Due esa tiklanish bo'yicha individual dastur asosida ishlashni davom ettirmoqda.

PSJ navbatdagi uchrashuvini shanba kuni, 29-noyabrda, Fransiya chempionati doirasida "Monako"ga qarshi safarda o'tkazadi. Parijliklar Liga 1 jadvalida "Marsel" va "Lans"dan ikki ochko oldinda birinchi o'rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar