Pulisich ikki hafta maydonga tusha olmaydi

O'tgan hafta Milan derbisida yagona gol muallifi bo'lgan Kristian Pulisich mashg'ulot davomida jarohat oldi. Ushbu jarohat sababli u Italiyaning "Latsio" klubiga qarshi navbatdagi chempionat o'yinida ishtirok eta olmaydi.
Shuningdek, kelgusi payshanba kuni Italiya Kubogi doirasida yana "Latsio"ga qarshi bahsda ham maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Amerikalik, asli xorvat millatiga mansub yarim himoyachi ehtimol 8-dekabr kuni chempionatning "Torino" klubiga qarshi o'yiniga qaytishi mumkin.
Ammo hozircha bu maʼlumot rasmiy tasdiq topgani yo'q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing