Nitsa Yevropada 17-oʻyindan beri gʻalaba qozona olmadi

Nitsa Yevropada 17-oʻyindan beri gʻalaba qozona olmadi
Fransiyaning "Nitsa" klubi Yevropa musobaqalarida gʻalaba taʼmini unutib qoʻydi. Jamoa muntazam ravishda xalqaro turnirlarda ishtirok etsa-da, oxirgi paytlarda muvaffaqiyatsizliklardan chiqib keta olmayapti.

Payshanba kuni "Nitsa" Yevropa Ligasi doirasida Portugaliyada "Portu" klubiga qarshi oʻyin oʻtkazib, 0:3 hisobida yutqazdi. Bu magʻlubiyat klubning Yevropa turnirlaridagi gʻalabasiz oʻyinlar seriyasini 17 taga yetkazdi.

"Nitsa" oxirgi bor 2023-yilning boshida Konferensiyalar Ligasi doirasida Tiraspolning "Sherif" klubiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan edi. Shundan beri jamoa qariyb uch yil davomida xalqaro musobaqalarda gʻalaba nashidasini sura olmayapti.

Yevropa Ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda "Nitsa" yana bir portugaliyalik raqib – "Braga" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar