Bekxem tabiiy chiroyli, Ronaldu esa o'zgartirishlar qilgan - Mostovoy

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy Krishtianu Ronaldu va Devid Bekxem o'rtasidagi chiroy borasidagi bahsga munosabat bildirdi. Portugaliyalik yulduz o'zini Bekxemdan ko'ra jozibaliroq deb atagan edi.
Mostovoyning fikricha, bu borada Bekxem ustunlikka ega va aksariyat ayollar ham shunday fikrda bo'lishadi. Mostovoy shunday dedi: “Hamma biladi, Krishtianu o'z qiyofasida ko'p narsalarni o'zgartirgan.
Ronaldu 18 yoshida qanday ko'rinishga ega bo'lganiga bir nazar tashlang. Ammo Bekxemga tabiat chiroy bag'ishlagan.” Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu plyajda odamlarning e'tibori ko'proq unga qaratilgan bo'lishini aytib o'tgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing