date

Chelsi sardori Ris Jeymsning fikrlari


Chelsining himoyachisi va sardori Ris Jeyms "Arsenal" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. "Ko'klar" sardori o'yin davomida samarali uzatmasi bilan ajralib turdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu bilan birga, Chelsi 38-daqiqadan boshlab Moises Kaysedoning maydondan chetlatilishi sababli kamchilikda o'ynadi. "Hamma bizning qayerda ekanimizni va nimaga intilayotganimizni ko'rdi.

Biz o'zimizni baland ovozda tanitdik. G'alaba qozonmasak ham, ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rish mumkin.

Jamoamdan faxrlanaman. Bugun juda qiyin bo'ldi", - dedi Ris Jeyms jurnalist Fabrichio Romanoga bergan intervyusida.

Chelsi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-turdan so'ng 24 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda, "Arsenal" esa 30 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi sardori Ris Jeymsning fikrlari