date

Emeri: Oʻyinchilar matonat va sabr koʻrsatishdi

Emeri: Oʻyinchilar matonat va sabr koʻrsatishdi
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Vulverhempton”ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Angliya chempionatining oʻn uchinchi turida uning shogirdlari 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

“Bu haqiqatan ham barcha oʻyinchilarning ajoyib ishi boʻldi. Tomoshabinlar qiyin vaziyatlarda bizga oʻz energiyalarini berishdi.

Oʻyinni juda yaxshi boshladik, toʻp darvoza ustuniga tegdi va biz ustunlik qildik. Ammo 25-daqiqadan keyin tashabbus raqibga oʻtdi va ular bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratishdi,” – dedi Emeri klub saytiga bergan intervyusida.

“Ikkinchi boʻlimda raqib jarima maydonchasiga koʻproq kirib bordik va fantastik gol urdik. Oʻyinchilarimning matonat va sabr-toqatini koʻrib, juda xursandman,” – deya qoʻshimcha qildi u.

“Aston Villa” ushbu gʻalaba bilan 24 ochkoga ega boʻlib, turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. “Chelsi” ham 24 ochkoga ega, “Manchester Siti” esa 25 ochko bilan uchinchi oʻrinda.

“Arsenal” 30 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Vulverhempton” esa ikki ochko bilan jadvalning soʻnggi oʻrnida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emeri: Oʻyinchilar matonat va sabr koʻrsatishdi