
39 yoshli "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer yana bir bor klub bilan shartnomani uzaytirish masalasiga toʻxtaldi. "Bu borada shoshilishni xohlamayman.
Muhimi, oʻzimga savol berish: "Tanam qanday ahvolda? Sogʻligim qanday?
Faoliyatni davom ettirishning ma'nosi bormi?" Buni aniqlash uchun biroz vaqt kerak," — dedi Noyer Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida. Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi.
Joriy mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olganda 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol oʻtkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.