
Manchester Siti seshanba kuni Premer-liga doirasida oʻtkazilgan oʻyinda Fulhemni 5:4 hisobida magʻlub etdi. Oʻyinning 54-daqiqasida "shaharliklar" 5:1 hisobida oldinga chiqib olishdi, ammo oʻyin silliq kechmadi: 57-daqiqadan 78-daqiqagacha "kottejchilar" uchta gol urib, qutqarilish yoqasiga keldi.
Biroq, yakunda Fulhem oʻz niyatini amalga oshira olmadi. "Hisob 5:1 boʻlganda, siz allaqachon 'Manchester Siti yana yuqoriga koʻtarildi' degan sarlavhali maqolalarni yozishni boshlagansiz.
Keyin esa biz uchta gol oʻtkazib yubordik – va barcha maqolalarni tashlab, yana yangi matn yozishingizga toʻgʻri keldi", – dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oʻyindan keyingi intervyusida. Keyingi turda "Manchester Siti" 6-dekabr, shanba kuni Sandrlendga qarshi bahs olib boradi.
Hozirda Gvardiola jamoasi Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.