date

Messi Ispaniyaga qarshi oʻynamoqchi emas


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Finallissima doirasida Ispaniyaga qarshi oʻynash ehtimoli haqida oʻz fikrini bildirdi. Avvalroq Yevropa va Janubiy Amerika chempionlari, Ispaniya va Argentina terma jamoalari mart oyida oʻzaro sovrin uchun uchrashishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

"Finallissimada oʻynaymanmi? Yoʻq.

Ochigʻi, yoʻq. Hatto bu oʻyin boʻladimi, yoʻqmi, bu hali tasdiqlanmagan.

Ular oʻzlari ham bilmaydi. Lekin samimiy aytsam, mavsum oʻrtasida tayyorgarlik koʻrish meni qiyin ahvolga soladi.

Bu xuddi yangi mavsumni noldan boshlashga oʻxshaydi", – dedi Messi ESPN bilan suhbatda. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan kuzda 38 yoshli Lionel Messi "Inter Mayami" klubi bilan shartnomasini 2028-yil oxirigacha uzaytirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Ispaniyaga qarshi oʻynamoqchi emas