Messi: Gvardiola men uchun noyob murabbiy

Messi: Gvardiola men uchun noyob murabbiy
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”da birga ishlagan sobiq murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi. “Men uchun Gvardiola – noyob.

Juda ajoyib murabbiylar bor, lekin Gvardiolada o‘ziga xos narsa mavjud. Mening nazarimda, u hammasidan yaxshisi.

Oʻyinni koʻrish, oʻyinlarga tayyorgarlik va futbolchilar bilan muloqot qilish borasida u mukammal murabbiy. U eng yaxshi va bizning omadimiz keldi, chunki u “Barselona”da ishladi.

U bizdagi futbolchilar bilan ajoyib tarzda uygʻunlashib, oʻz gʻoyalarini mukammal amalga oshirdi”, – dedi Messi ESPNga bergan intervyusida. Hozirgi kunda Xosep Gvardiola “Manchester Siti” klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar