date

Kannavaro qur’a oldidan: O‘zbekiston uchun omadli guruh kutyapmiz (video)

Kannavaro qur’a oldidan: O‘zbekiston uchun omadli guruh kutyapmiz (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bugun kechki soatda o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a marosimi oldidan o‘zidagi kayfiyat va kutilmalar haqida bayonot berdi. Italyan mutaxassisiga ko‘ra, bugungi tadbir nafaqat jamoa, balki butun mamlakat uchun muhim tarixiy lahza hisoblanadi.

Kannavaro o‘z chiqishida shunday dedi:

«Rostini aytsam, barchamizning qalbimiz hayajon bilan to‘lgan. Jahon chempionati uchun raqiblarimiz kim bo‘lishini bilmasak-da, shunga qaramay, barchamiz marosimni katta qiziqish bilan kutyapmiz. Umid qilamanki, qur’a O‘zbekiston uchun omadli keladi va butun o‘zbekistonlik muxlislar ham bundan xursand bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, biz har qanday raqibga qarshi kurashishga tayyormiz».

Ma’lumki, tarixda ilk bor mundialga yo‘l olgan O‘zbekiston uchun bu qur’a juda katta ahamiyatga ega. Har bir muxlis, har bir mutaxassis jamoamizning qaysi guruhga tushishini intiqlik bilan kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Muxlislar bugungi kechani nafasini ichiga yutib kuzatishi shubhasiz — chunki 2026-yil tarixiy safarimizga qaysi raqiblar tushishi shu bugun ma’lum bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kannavaro qur’a oldidan: O‘zbekiston uchun omadli guruh kutyapmiz (video)