Safonov: PSJda menga ishonch katta

Safonov: PSJda menga ishonch katta
PSJ darvozaboni Matvey Safonov o'zining klubdagi debyut mavsumidagi roli haqida fikr bildirdi. "15 ta o'yinda maydonga tushish – bu faqat ushbu murabbiy bilan ikkinchi darvozabon bo'lish imkonini beradi.

Men boshqa joyda ikkinchi darvozabonga shunchalik ishonch bildirilganini bilmayman. Bu darajadagi ishonch juda kam uchraydi", – dedi Safonov Fyodor Smolovning podkastida.

Safonov 2024 yilning yozida PSJ safiga qo'shilgan. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olganda 17 ta o'yinda qatnashib, 7 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Joriy mavsumda esa hali maydonga tushmagan. Safonovning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.

Kelasi Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yinda Safonovning asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyati yuqori, chunki asosiy darvozabon Lyuka Shevalye jarohat olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar