date

Visaning maydonga qaytishi yaqin


Nyukasl bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa hujumchisi Yoan Vissaning holati haqida maʼlumot berdi. Futbolchi yozgi transfer oynasida "qargʻalar" safiga qoʻshilgan edi, biroq darhol jarohat olib, hozirgacha jamoa safida debyut oʻtkaza olmadi.

"Biz uning qaytishiga yaqinlashyapmiz. Chorshanba kuni biz 11 ga 11 formatida oʻyin tashkil etdik, bu maʼlum maʼnoda uning uchun edi.

U maydonda taxminan oʻttiz daqiqa oʻynadi va yaxshi harakat qildi. Bugun yana bir mashgʻulot oʻtkazamiz, shundan soʻng uning qaytishga tayyor yoki yoʻqligini hal qilamiz", — dedi Xau "qargʻalar" matbuot xizmatiga.

Eslatib oʻtamiz, ertaga, 6-dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 15-turida "Nyukasl" va "Byornli" oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Visaning maydonga qaytishi yaqin