
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Fulhemga qarshi oʻtgan oʻyinni sharhladi. Ushbu bahsda "shaharliklar" safarda 5:4 hisobida gʻalaba qozonishgan edi.
"Fulhemga qarshi oʻyin ortda qoldi. Umid qilamanki, u yaxshi dars boʻldi, lekin oʻyin oʻtgan.
Premyer-ligada yaxshi va yomon vaziyatlardan ham dars olish kerak. Toʻrt gol oʻtkazib yuborganimiz meni albatta tashvishga soladi, va biz nima sabab boʻlganini tushunishga harakat qilamiz.
Bu oʻsish va jarayonning bir qismi. Ertaga esa yangi oʻyin kutmoqda", – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Manchester Siti Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi Arsenaldan besh ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.