date

Tramp: "Millionlab hayotlarni saqlab qoldik"


FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash marosimidan oldin Tinchlik mukofotini topshirdi. Mukofotni qabul qilganidan so'ng, Tramp o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu mening hayotimdagi eng ulugʻ mukofotlardan biri. Biz millionlab hayotlarni saqlab qoldik, koʻplab urushlarni yakunladik.

Hatto boshlanishi mumkin boʻlgan urushlarning ham oldini oldik. Dunyo yanada xavfsizroq joyga aylandi.

2026-yilgi Jahon chempionati dunyo hali koʻrmagan bir tarixiy voqea boʻlishi mumkin. Kanada va Meksika bilan birga yaxshi hamkorlik qilyapmiz", – deya taʼkidladi Tramp.

2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash marosimini LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada kuzatib borishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tramp: "Millionlab hayotlarni saqlab qoldik"