date

Aleksandr Isak oʻz oʻyinini baholadi


“Liverpul” hujumchisi Aleksandr Isak ushbu mavsumdagi oʻz oʻyiniga munosabat bildirdi. Shvetsiyalik futbolchi sentyabr oyining boshida “Nyukasl” klubidan “qizillar” safini toʻldirdi.

Transfer jarayoni uzoq davom etgani sababi “qushlar” hujumchini qoʻyib yuborishni istamagan edi. Ammo Isak oʻzi kelishuvni talab qilib, avvalgi jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazishdan bosh tortgan.

“Albatta, hammasi oson kechmayapti – bu nafaqat individual, balki jamoaviy jihatdan ham. Soʻnggi vaqtlarda biz kerakli natijalarni koʻrsata olmayapmiz.

Oʻzimdan koʻproq narsani kutaman, ammo ijobiy kayfiyatni yoʻqotmayman. Umid qilamanki, oʻz imkoniyatlarimni ancha yaxshiroq namoyish eta olaman.

Bu mening doimiy maqsadim: oʻzimdan koʻproq talab qilaman, hatto hammasi yaxshi boʻlganda ham. Bu men uchun muammo emas.

Men oʻzimning asosiy tanqidchimman va muammolarimni boshqalar koʻrsatib berishini kutmayman”, – dedi Isak Sky Sports nashriga bergan intervyusida. U “Liverpul” safida oʻtkazgan 12 oʻyinda ikkita gol urishga erishgan.

Eslatib oʻtamiz, “Liverpul” ushbu transfer uchun 145 million yevro sarflagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Isak oʻz oʻyinini baholadi