Zabarny oʻyin roʻyxatidan chiqarildi

Qisqacha
"PSJ"ning "Renn"ga qarshi uchrashuvi uchun e'lon qilingan o'yin ro'yxatiga ukrainalik himoyachi Ilya Zabarny kiritilmadi. Uning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bor-yo'qligi haqida hozircha ma'lumot berilmagan. Parijliklar darvozasini esa Lyuka Shevalye sog'lig'idagi muammolar sabab o'ynamagani uchun rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qo'riqlashi kutilmoqda.
Shanba oqshomida "PSJ" jamoasi "Renn"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvda parijliklar darvozasini rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qoʻriqlashi kutilmoqda.
Jamoaning asosiy posboni Lyuka Shevalye sogʻligidagi muammolar sabab oʻyinga kiritilmadi. Eʼtiborli tomoni shundaki, "PSJ"ning oʻyin roʻyxatida ukrainalik himoyachi Ilya Zabarny ham yoʻq.
Hozircha futbolchining sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Ilgari Ilya Zabarny Ukrainaning o‘zida bergan intervyusida Matvey Safonov bilan faqat professional mehnat majburiyatlari doirasida muloqot qilishini aytgan edi.
Shunga qaramay, futbolchilar oʻrtasida normal munosabatlar borligi haqida mish-mishlar mavjud. "PSJ" va "Renn" oʻrtasidagi uchrashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatib borish mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jamoaning asosiy posboni Lyuka Shevalye sogʻligidagi muammolar sabab oʻyinga kiritilmadi. Eʼtiborli tomoni shundaki, "PSJ"ning oʻyin roʻyxatida ukrainalik himoyachi Ilya Zabarny ham yoʻq.
Hozircha futbolchining sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Ilgari Ilya Zabarny Ukrainaning o‘zida bergan intervyusida Matvey Safonov bilan faqat professional mehnat majburiyatlari doirasida muloqot qilishini aytgan edi.
Shunga qaramay, futbolchilar oʻrtasida normal munosabatlar borligi haqida mish-mishlar mavjud. "PSJ" va "Renn" oʻrtasidagi uchrashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatib borish mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…