date

Bavariya Shlotterbek transferi haqida fikr bildirdi


Bavariya sport direktori Kristof Froʻynd Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekning transfer ehtimoli haqida izoh berdi. Avvalroq 26 yoshli futbolchi "Borussiya" bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasligi va Germaniya chempioniga oʻtishi mumkinligi xabar qilingan edi.

"Niko Shlotterbek juda, juda yaxshi futbolchi. Juda yaxshi himoyachi.

Ammo biz oʻz tarkibimizdan juda mamnunmiz va diqqatimizni aynan shunga qaratganmiz", – deydi Froʻynd Sky Sport nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Shlotterbek turli musobaqalar doirasida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Shlotterbek transferi haqida fikr bildirdi