date

Nepomnyashiy: Safonovning PSJga oʻtishini maʼqullamagan edim


Mashhur murabbiy Valeriy Nepomnyashiy Matvey Safonovning PSJdagi holati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Joriy mavsumda rossiyalik darvozabon hali maydonga tushmagan.

"Darvozabon oʻynashi kerak, zaxirada oʻtirib, oʻz navbatini kutishi emas. Men boshida ham Safonovning PSJga oʻtishini maʼqullamagan edim.

Darvozabon oʻynamasa, u oʻz mahoratini yoʻqota boshlaydi", — dedi Nepomnyashiy "Chempionat" nashriga. Avvalroq PSJning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye jarohat tufayli Liga 1 doirasidagi yaqinlashib kelayotgan "Renn"ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.

Kutilishicha, Safonov bu mavsumda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi. Fransiya chempionatining 15-turidan oʻrin olgan PSJ va "Renn" oʻrtasidagi uchrashuv bugun, 6-dekabr kuni oʻtkaziladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 02:05da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashiy: Safonovning PSJga oʻtishini maʼqullamagan edim