
"Liverpul" Angliya Premer-ligasidagi soʻnggi oʻyinlarda yana muvaffaqiyatga erisha olmadi. Jamoa "Lids"ga qarshi oʻyinda gʻalabaga yaqin edi, biroq "pavlinlar" 96-daqiqada hisobni tenglashtirib, uchrashuvni 3:3 hisobida yakunlashdi.
Shu tariqa, "qizillar" soʻnggi 10 ta APL oʻyinidan atigi ikkitasida gʻalaba qozonishdi. Yana ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan boʻlsa, olti oʻyinda raqiblar gʻalaba nashidasini surishdi.
Qizigʻi shundaki, "Lids" ham ushbu davr mobaynida xuddi shunday natijalarni qayd etdi. Faqatgina "Byornli" va "Vulverxempton" undan yomonroq natija koʻrsatib, mos ravishda 6 va 2 ochko toʻpladi.
Hozirda "Liverpul" 15 turdan keyin 23 ochko bilan Angliya chempionati jadvalining 8-oʻrnida joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.