Menyanning «Milan» bilan shartnomasini uzaytirmaslik sababi

Menyanning «Milan» bilan shartnomasini uzaytirmaslik sababi
Italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skira «Milan» darvozaboni Mayk Menyan nima uchun klub bilan yangi shartnoma imzolashga rozi emasligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Skiraning soʻzlariga koʻra, Menyanga klub rahbariyatidagi ayrim shaxslar yoqmaydi.

«Menyan Allegri uchun asosiy oʻyinchi, muhim futbolchi hisoblanadi. Muammo shundaki, besh million yevro unga yetarli boʻlmasligi mumkin.

Menyan olti-yetti million yevro maosh olishni xohlamoqda. Shuningdek, u Furlani va Monkada bilan muzokara olib borishni qatʼiyan istamayapti», – dedi Skira pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Mayk Menyan 2021-yildan beri «Milan» safida oʻynab kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar