
“Liverpul” futbolchisi Dominik Soboslai “Lids”ga qarshi uchrashuvda qo‘ldan boy berilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Qizillar” uchrashuvning ikkinchi bo‘limida 2:0 hisobida oldinga o‘tib olgan edi, biroq bu ustunlikni saqlab qolishmadi.
80-daqiqada Soboslai Arne Slot jamoasini yana oldinga olib chiqdi, ammo bu ham yetarli bo‘lmadi – mezbonlar 96-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. “Hisob 2:0 bo‘lganidan keyin biz bilan nima bo‘lganini bilmayman.
Go‘yoki o‘yin yakunlangan deb o‘yladik. Ehtimol, “Lids” penaltidan keyin o‘ziga ishonch hosil qilgandir.
Biz yaxshi javob qaytarib, yana oldinga chiqdik, lekin standart vaziyatdan yana gol o‘tkazib yubordik. Bu o‘zimizga bo‘lgan ishonchning yetishmasligi bilan bog‘liqmi?
Balki, ammo ikkinchi golni o‘tkazganimizdan keyin ham xarakter ko‘rsatdik. Bugungi natija haqida boshqa nima deyishim mumkin, bilmayman,” – dedi vengriyalik yarim himoyachi Sky Sportsga bergan intervyusida.
“Liverpul” so‘nggi 10 ta o‘yindan atigi ikkitasida g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.