Gary Nevill: "Liverpul parchalanmoqda"

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gary Nevill joriy mavsumda APLda "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz o'yinlari haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Jamoa hozir og'ir ahvolda.
"Liverpul"da barqarorlik yo'qolgan. Ushbu jamoaga bo'lgan ishonch tugagan.
Ular g'alabalarni qayta boshlashini kutasan, ammo futbolchilar xatolarni davom ettirmoqda. Slotning jamoasi parchalanmoqda", - dedi Sky Sports eksperti.
APLning 15-turidan o'rin olgan o'yinda mersisaydliklar safarda "Lids" bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. "Liverpul" 23 ochko bilan musobaqa jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing