date

"Nitssa" klubi ketma-ket yettinchi mag'lubiyatga uchradi

"Nitssa" klubi ketma-ket yettinchi mag'lubiyatga uchradi
Fransiyaning "Nitssa" futbol klubi ketma-ket yettinchi mag'lubiyatga uchradi. Jamoa so'nggi uchrashuvda "Anje"ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

33-daqiqada Yassin Belkdimming chap oyoq bilan amalga oshirgan zarbasi mezbonlar himoyachisi Antuan Mendining xatosidan so'ng golga aylandi. 52-daqiqada esa "Nitssa" futbolchisi Tom Loshe qo'polligi uchun qizil kartochka olib, jamoasini o'nta o'yinchi bilan qoldirdi.

Shundan so'ng mezbonlar hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo'lsa-da, Bernard Ngenning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvozani biroz nishonga ololmadi. Hozirda "Nitssa" turnir jadvalida 12-o'rinda, "Anje" esa ulardan bir pog'ona yuqorida joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Nitssa" klubi ketma-ket yettinchi mag'lubiyatga uchradi