
PSJ darvozaboni Matvey Safonov Fransiya chempionatining 15-turida "Renn"ga qarshi oʻyinda (5:0) joriy mavsumdagi birinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Bu oʻyinda u asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
"Nihoyat bu mavsumda PSJ safida debyut qildim. Juda xursandman, ayniqsa, dastlabki oʻyin yirik gʻalaba bilan boshlandi.
Ammo asosiy narsa hisob emas. Asosiysi, oʻyindan yana katta zavq oldim.
Oʻylaymanki, oʻtgan mavsumda aynan mana shu narsa yetishmagan", — deb yozdi Safonov oʻzining Telegram-kanalida. PSJ navbatdagi oʻyinini 10-dekabr kuni oʻtkazadi.
Luis Enrike boshchiligidagi jamoa UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida "Atletik" bilan safarda kuch sinashadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.