
Muhammad Salah va "Liverpul" oʻrtasidagi ziddiyat mavzusi tobora kuchaymoqda. Shanba kuni "Lids"ga qarshi oʻyinda (3:3) misrlik futbolchi oʻzining asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotganidan norozi ekanini ochiq aytib, klubni bergan vaʼdalarini buzganlikda va unga yetarli hurmat koʻrsatilmaganlikda aybladi.
Indykaila News xabariga koʻra, shunga qaramay, Salah transfer soʻrovi kiritmoqchi emas. 33 yoshli futbolchi agar shartnomasi yakuniga qadar klubda qolsa, sodiqlik uchun moʻljallangan bonuslarni oladi va u mazkur imtiyozlardan voz kechishga tayyor emas.
Aprel oyida Muhammad Salah "Liverpul" bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirgan edi. Ammo joriy mavsum Arne Slot boshqaruvidagi jamoa uchun juda omadsiz oʻtmoqda va yulduz hujumchi jamoaning muvaffaqiyatsizligida asosiy aybdorlardan biri sifatida koʻrilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.