
Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken 2026 yilgi Jahon chempionatining final bosqichiga qura tashlash marosimini "ajablanarli shou" deb atadi. Qura tashlash marosimi Vashington shahrida bo'lib o'tdi va ko'plab taniqli yulduzlar ishtirokida yorqin tadbir sifatida o‘tkazildi.
Solbakkenning so‘zlariga ko‘ra, bu shou o‘ziga xos futbol kartochkalari albomiga o‘xshaydi, unda o‘tmish va zamon yulduzlari, afsonaviy murabbiylar hamda Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan futbolchilar aks etgan. Shuningdek, AQSh prezidenti Donalьd Trampga FIFA tomonidan tarixda birinchi marta taqdim etilgan Tinchlik mukofoti haqida Solbakken hazil aralash "bu mukofot toʻliq haqli ravishda berilgan" deya fikr bildirdi.
Norvegiya terma jamoasi Senegal va Fransiya bilan bir guruhga tushdi. Toʻrtinchi jamoa esa Boliviya, Surinam va Iroq oʻrtasidagi pley-off oʻyinlari gʻolibi boʻladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.