date

Serj Gnabrining kelajagi haqida fikrlari


Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Serj Gnabri o'zining klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi. "Vaziyat juda sokin.

Biz muzokaralarni davom ettiryapmiz. Qanday natija bo'lishini ko'ramiz.

Hozircha hammasi yaxshi, barcha tomonlar mamnun", – dedi Gnabri jurnalist Florian Plettenberg bilan suhbatda. Maʼlumotlarga ko'ra, "Bavariya" 30 yoshli futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Biroq shartnoma shartlariga ko'ra, Gnabrining maoshi pasaytirilishi mumkin. Joriy mavsumda Gnabri barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirgi shartnomasi esa 2026 yil yozida o'z nihoyasiga yetadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serj Gnabrining kelajagi haqida fikrlari