Arrigo Sakki: Adrien Rabiotning goli mo‘jiza yaratdi

Arrigo Sakki: Adrien Rabiotning goli mo‘jiza yaratdi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki Adrien Rabiotning "Torino"ga qarshi uchrashuvdagi golini yuqori baholadi. Uzoq masofadan yo‘llangan aniq zarba "Milan"ni o‘yinga qaytarib, yakunda g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

"Rabiotning goli 'Milan'ga umid bag‘ishladi. U kichik futbol mo‘jizasini yaratdi", – dedi Sakki pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Arrigo Sakki "Milan"ni 1987–1991-yillarda, shuningdek, qisqa muddat 1996/1997-yilgi mavsumda boshqargan. Adrien Rabiot esa joriy mavsum boshida "Milan"ga o‘tgan.

Bungacha u "Marsel" jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar