
Italiyalik futbol yulduzi Mario Balotelli o‘zining hozirgi faoliyati haqida gapirdi. Uning aytishicha, u hanuzgacha Seriya A klubidan taklif kutmoqda.
"Men Breshiya shahridagi mahalliy jamoa bilan shug‘ullanmoqdaman. Seriya A'dan taklif kutishda davom etyapman.
Hozircha bunday taklif bo‘lmadi. Futbolni tark etish niyatim yo‘q, bunday hissiyot hali paydo bo‘lmagan.
Hozir men kamdan-kam hollarda futbol ko‘raman, lekin menga shunday tuyulyaptiki, futbol oldingiga qaraganda jismoniyroq, texnik jihatdan esa zaiflashgan," – dedi Balotelli "Pianetamilan.it" nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli ilgari "Inter", "Milan", "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalarida faoliyat olib borgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.