
Sobiq ingliz futbolchisi Daniel Starrij “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, “qizillar” Salahning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi va buning ortidan u tomonidan bildirilgan janjalli bayonotlar sababli u bilan xayrlashishi mumkin.
33 yoshli futbolchi o‘z bayonotida klub uni “aybdor” qilib ko‘rsatayotganini va bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashganini ta’kidlagan edi. Starrijning so‘zlariga ko‘ra, Salah unga quyidagilarni aytgan: "Men ushbu klubni sevaman.
Uni tark etishni xohlamayman, lekin o‘ynashni istayman". Ushbu so‘zlarni Starrij The Touchline nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Salah joriy yilning aprel oyida “Liverpul” bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.