date

David Alaba mavsum oxirida "Real"ni tark etadi

David Alaba mavsum oxirida "Real"ni tark etadi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi David Alaba joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, 33 yoshli avstriyalik futbolchi klub bilan 2026-yil iyun oyida muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Alaba 2021-yilda "Real" safiga qo‘shilgan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda atigi to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan va samarali harakatlar qayd etmagan. Hozirda himoyachi jarohatidan tiklanish jarayonida.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Alabaning bozor qiymati to‘rt million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Alaba mavsum oxirida "Real"ni tark etadi