date

Spaletti Jonatan Devidni tanqid qildi

Spaletti Jonatan Devidni tanqid qildi
Turinning "Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti kanadalik hujumchi Jonatan Devid haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U futbolchining barqaror o‘yin ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi.

"U o‘z qiymatini isbotlash uchun 4-5 o‘yin ketma-ket o‘ynashi kerakmi? Har bir mashg‘ulotda o‘zini ko‘rsatishi lozim.

Men unga 10 daqiqa vaqt beraman. Agar muvaffaqiyatli o‘ynasa, keyingi safar 45 daqiqa beraman va shunday davom etadi.

Bu bir mashg‘ulotda yaxshi, ikkinchisida esa yomon o‘ynash bilan bo‘lmaydi. Menga barqarorlik kerak.

Buni aniq yozib olinglar", – dedi Spaletti jurnalist Nikolo Skira bilan suhbatda. 25 yoshli Jonatan Devid joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spaletti Jonatan Devidni tanqid qildi