
PSJ himoyachisi, ukrainalik Ilya Zabarnıy, jamoa darvozaboni, rossiyalik Matvey Safonov bilan o‘ynashga qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu holat Frantsiya chempionatining 15-turida "Renn" jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatildi.
Le Parisien nashriga ko‘ra, poytaxt klubi ushbu masalaga oid mish-mishlardan norozi bo‘lib, futbolchilar o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini tasdiqladi. Mazkur uchrashuvda PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike shogirdlari "Renn"ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratishdi.
Eslatib o‘tamiz, Zabarnıy joriy yilning yozida "Bornmut" jamoasidan PSJ safiga qo‘shilgan edi. Safonov esa PSJ safida 2024-yilning yozidan buyon faoliyat olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.