
Sobiq "Liverpul" hujumchisi, hozirda "Bavariya"da to‘p surayotgan Luis Dias sobiq jamoa hamkasbi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi. "Saloh men "Liverpul"ga kelganimda birinchi bo‘lib meni qabul qilgan futbolchilardan biri edi va bu juda ajoyib tarzda amalga oshdi.
U har doim eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi inson bo‘lishga intilgan. U menga katta ta'sir ko‘rsatdi", — dedi Dias BBC Sportga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saloh "Liverpul" tarkibidan chetlashtirilgandi. Bu qaror uning jamoa va bosh murabbiyni o‘yin amaliyotining yetishmasligi uchun tanqid qilgan intervyusidan so‘ng qabul qilingan edi.
Joriy mavsumda 33 yoshli Saloh barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.