Nepromnyashiy: Safonov oliy darajada o‘ynashi kerak

Futbol mutaxassisi Valeriy Nepromnyashiy rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o‘yini haqida fikr bildirdi. Safonov Luka Shevalyening jarohatidan keyin ikki uchrashuvni «quruq» tamomladi.
«Uning mahorati yuqori darajada va u oliy darajada o‘ynashi kerak. Xudo xohlasa, Matvey bu imkoniyatdan samarali foydalanadi», — dedi mutaxassis «Chempionat» nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Safonov Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «Atletik Bilbao»ga qarshi safar uchrashuvida (0:0) va Fransiya chempionatida «Renn»ga qarshi o‘yinda (5:0) darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. 26 yoshli rossiyalik darvozabonning «PSJ» bilan mehnat shartnomasi 2029-yil iyuniga qadar amal qiladi.
Uning bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing