Arne Slot: Men Salohning ketishini istamayman

Arne Slot: Men Salohning ketishini istamayman
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot misrlik hujumchi Muhammad Salohning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi savolga o‘z fikrini bildirdi. “Menda Salohning ketishini istash niyati yo‘q”, – dedi niderlandiyalik mutaxassis BBCga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh 2017-yilning yozidan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Misrlik futbolchining “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilda yakuniga yetadi.

Joriy mavsum Saloh 19 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar