date

Aksel Disasi Fransiyaga qaytishi mumkin


“Chelsi” markaziy himoyachisi Aksel Disasi Fransiyaning “Lion” klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, “Lion” 27 yoshli fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Disasi “ko‘klar”ning asosiy tarkibidan chetlashtirilgani sababli Londondan ketishga tayyorligini bildirgan.

U yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirgan. Disasi 2023 yilda “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan edi.

U shu vaqtgacha jamoa tarkibida 61 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo joriy mavsumda himoyachi “Chelsi” asosiy tarkibida biror marta ham o‘ynamagan.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aksel Disasi Fransiyaga qaytishi mumkin